DEBET
DEBET (lot. debet – u majbur) – buxgalteriya hisobining bir qismi. Aktiv schyotlarning debetiga summalarning ko’payishi yozilsa, passiv schyotlarda esa summaning kamayishi yoziladi. Hisoblashish schyotlarining debetida esa boshqa korxona va shaxslarning shu korxonaga qarzlari aks ettiriladi va debetorlik qarzlari deyiladi. Debet qoldiqlari esa aktiv va aktiv-passiv schyotlarda bo’ladi. Xo’jalik mablag’lari hamda ularning manbalarining ko’payishi va kamayishini qayd qilish uchun schyot ikki qismidan iborat bo’ladi. Uning chap qismi debet (lot. debet – qarzdor), o’ng qismi kredit (lot. credit – ishonadi) deb nomlanadi. “Debet” va “Kredit” iboralarini “D-t” yoki “D” va “K-t” yoki “K” belgilari bilan ifodalasa ham bo’ladi.