DEDEKIND (DEDEKIND) YULIUS VILGELM RIXARD

DEDEKIND (DEDEKIND) YULIUS VILGELM RIXARD (1831.6.10 — Braunshveyg — 1916.12.2) — nemis matematigi; Berlin Fanlar Akademiyasi a’zosi (1880). Ilmiy ishlari sonlar nazariyasiga, algebra va matematik analizga doir. Ko’p ishlari algebraik sonlar nazariyasiga taalluqli. Matematikada muhim bo’lgan ideal obraz kabi tushunchalarni kiritgan. Dedekind haqiqiy sonlar nazariyasini asoslovchi tizim (Dedekind kesimi) muallifi.