DEDEKIND KESIMI

DEDEKIND KESIMI – irratsional sonlarni aksiomatik kiritish usuli. Yu. Dedekind 1872 yilda ishlab chiqqan. Bu usulga ko’ra, ratsional sonlar to’plami ikki sinfga — “quyi” va “yuqori” sinflarga bo’linadi, “yuqori” sinfga tegishli istalgan son “quyi” sinfdagi har qanday sondan katta; agar “yuqori” sinfda eng kichik son, “quyi” sinfda esa eng katta son bo’lmasa, bunday kesim (bo’linish) biror irrasional sonni bildiradi. Irrasional sonni kesim yordamida bunday aniqlash, ba’zan, Dedekind aksiomasi deyiladi.