DEDUKSIYA
DEDUKSIYA — umumiy, abstrakt xulosadan, aniq va xususiy faktlarga o‗tish uslubi. U borliqdagi xodisalarni tushuntirish uchun nazariyalardan foydalanish imkonini beruvchi jarayon. Masalan, yana respublikamizdagi oliy qonunchilik organi – Oliy Majlis deputatlari muqobillik asosida saylangan xalqning eng ko’zga ko‗ringan vakillaridir, degan umumiy xulosaga asoslanadigan bo‗lsak va deputatlar ijtimoiy kelib chiqishi, lavozimi, kasbi, ta‘lim darajasi kabi biografik ma‘lumotlarni o’rganib, shu ko’rsatkichlar bo’yicha taqsimlab chiqsak, hozirgi kunda O’zbekistonda qaysi ijtimoiy qatlamga mansub, yoshi, kasbi, ma‘lumot darajasi qanday bo’lgan odamlar xalqning ishonchiga ko’proq egaligi to’g’risidagi aniq ma‘lumotlarga ega bo’lamiz.