DEFO (DEFOE) DANIEL
DEFO (DEFOE) DANIEL (taxminan 1660, Kriplgeyt — 1731.26.4, Murfilds) — ingliz yozuvchisi, publisist, realistik Nasr asoschilaridan biri. Ijodiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan. “Loyihalar to’g’risida tajribalar” (1697) pamfletida bir qator siyosiy va iqtisodiy islohotlar o’tkazishni taklif etgan ko’pgina asarlarida tadbirkorlik, aql-idrok, e’tiqod va so’z erkinligini yoqlagan, demokratiya g’oyalarini ilgari surgan (“xokisor odamning tavsiyanomasi”, 1698 va boshqalar). Defo maqtanchoq aslzodalarni fosh etadi (“aslzoda ingliz”, 1701). 1702 yilda pinhoniy nom bilan “Dissenterlardan kasos olishning eng oson yo’li” nomli pamfletini e’lon qilgani uchun qamaladi. Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti, ajoyib va g’aroyib sarguzashtlari” (1719) romani unga olamshumul shuhrat keltiradi. “Kapitan Singlton” (1720), “polkovnik Jak tarixi”, “moll Flenders” (1722), “Roksana” (1724) sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida “Robinzon Kruzo” romaniga taqlidan juda ko’p asarlar yaratilgan. Bu roman Yo’ldosh Shamsharov tarjimasida o’zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. As: dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning qayoti va ajoyib sarguzashtlari, T., 1965.