Dehqonbozor qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Dehqonbozor qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xazorasp rayonida. Toponimning “dehqonlar bozori” etimologiyasi hech kimda shubha tug’dirmaydi. Ammo dehqon terminining ancha qadimiy ekanligini, uning ma’nosida qator semantic o’zgarishlar sodir bo’lganini e’tiborga olsak, nomni boshqacha izohlash lozimligini sezamiz. Dehqon so’zi O’rta Osiyo va Eronda qadimdan ma’lum. U deh “qishloq” va qaon “xaqon” so’zlaridan yasalgan bo’lib, “qishloq hokimi” ma’nosini anglatgan. Dastlab jamoadan ajralib chiqqan yer egalari, ba’zan qishloq oqsoqollari dehqon deyilgan. Bularning ko’pchiligi keyinchalik yirik feodallarga aylangan. XI-XII asrlardan keyin ekin ekuvchi aholining barchasini dehqon deb ataganlar. Keyingi davrlarda Xiva xonligida katta yer egalariga yollanib ishlovchi mardikor dehqon deb yuritilgan. Binobarin, Dehqonbozor toponimini “dehqonlar bozori” emas, balki “mardikor bozori” deb izohlash haqiqatga ancha yaqin keladi. Respublikamizning boshqa joylarida uchraydigan Dehqonobod tipidagi toponimlar Ulug’ Oktabr revolyutsiyasidan keyin vujudga kelgan bo’lib, mazmun va yo’nalish jihatdan butunlay yangi xarakterga egadir. Bunday nomlar sovet davridagi ozod mehnatning samarasini ifoda etadi.

Leave a Reply