Dekretliyalar
Dekretliyalar (kechki lotincha decretalia, lotincha decretum-farmon, qaror so’zidan)-Rim papalarining maktub shaklidagi qarorlari. Entsiklikalardan farqli o’laroq, Dekretliyalar aniq shaxsga yo’llangan maktub sifatida rasmiylashtirilgan va papaga shaxsiy masaladagi savollarga javob hisoblangan. Dastlabki Dekretliyalar xarakteriga ega bo’lgan hujjat IV asrga taalluqli.