Denariy

Denariy (lotincha denarius-o’ntadan iborat)-1) Qadimgi Rimda Respublika davrida va imperiyaning dastlabki ikki yuzyilligida kumush tanga, ilk bor miloddan avvalgi 268 yili zarb etilgan. Miloddan avvalgi 268-217 yillarda 10 assga (4,37 gramm), miloddan avvalgi 217 yilda 16 assga (4 gramm) teng bo’lgan. 270-275 yillardagi Avrelian islohotlaridan so’ng Denariylar zarb etish to’xtatilgan; 2) o’rta asrlarda bir qator Yevropa davlatlarida pul birligi.