DENGIZ ASTRONOMIYASI

DENGIZ ASTRONOMIYASI – amaliy astronomiya bo’limi. Dengizda kemaning turgan joyini aniqlash va kompas tuzatmasini topish bilan shug’ullanadi. Kema turgan joyning geografik koordinatalari — kenglik X va uzunlik f — osmon yoritqichlarining dengiz ufqidan ko’rinma balandligi h ni o’lchab topiladi. Kompas tuzatmasini topish uchun yoritqichlarning azimut jadvallari tuzilgan. Dengiz astronomiyasida har xil astronomik asboblar va yordamchi jadvallardan foydalaniladi. Yoritqichning balandligi I dengiz sekstanti yordamida o’lchanadi.