Denudatsiya

Denudatsiya (lotincha denudatsio – ochilib qolish) – tog` jinslarining nurashi va relyefning manfiy (pastlik) joylarida to`planishi. Eroziya (oqar suvlar), abraziya (dengiz va ko`l suvlari), karst va suffoziya (yer osti suvlari), ekzaratsiya (muzliklar), deflyatsiya (shamol) ta’sirida tog` jinslari bo`lakchalarining boshqa joylarga ko`chib borishi denudatsiyadir. Denudatsiya natijasida tog` jinslari yemirilib, ularning o`rnida pasttekisliklar yoki peneplenlar hosil bo`ladi. Chuqurliklar to`lib, yer yuzasi tekislanadi.