DEPO

DEPO (Fransuzcha depot — ombor) — harakatlanuvchi tarkib (temir yo’l vagonlari, lokomotivlar, metropoliten va tramvay vagonlari, o’t o’chirish mashinalari) ta’mirlanadigan korxona. Maxsus (ixtisoslashtirilgan) va aralash Depolar bo’ladi. Maxsus Depolar harakatlanuvchi tarkibning biror xilini ta’mirlash uchun ixtisoslashtiriladi (masalan, vagon Deposi, Lokomotiv Deposi va hokazolar). Aralash Depolarda elektrovozlar, teshyuvozlar, motor-vagonli poezdlar va kranlar ta’mirlanadi. Toshkentda vagonlar ta’mirlanadigan (ikkita) va teplovozlar ta’mirlanadigan (bitta) maxsus Depolar bor. Shahar transportining harakatlanuvchi tarkibi ta’mirlanadigan joy saroy (Park) deb ataladi (masalan, trolleybus saroyi, tramvay saroyi va boshqalar).