DEPOZITLARNI SUG’URTA QILISH
DEPOZITLARNI SUG’URTA QILISH – banklar bankrot deb e’lon qilinganda yoki to’lov qobiliyati yo’qolganda, omonatchilarning bankdagi pul mablag’larining ularga qaytarilishini sug’urtalash. Bunda banklar sug’urtalanuvchilar hisoblanadi. Sug’urtani maxsus sug’urta tashkilotlari amalga oshiradi. Depozitlarni sug’urtalash chet mamlakatlarda keng tarqalgan. Masalan, AQShda deposit sug’urtasini depozitlarni sug’urtalash federal korporatsiyasi amalga oshiradi. AQShda har bir omonatchiga to’g’ri keladigan 100 ming AQSh dollari miqdoridagi depozitni banklar majburiy sug’urtalaydi.