DERYAYEV XIDIR

DERYAYEV XIDIR (1905, Mari viloyati Egriguzar qishlog’i — 1987, Ashxabod) — Turkmenistan xalq yozuvchisi (1967). Turkmaniston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1969). Toshkentdagi maorif instituti (1926) va O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1931). Ashxobod pedagogika institutida o’qituvchi (1931), kafedra mudiri (1938). Turkman mumtoz adabiyotini tadqiq etish va nashr qilishda faol qatnashgan, birinchi bo’lib turkman tili darsligini yaratgan. Ilk she’rlarini Toshkentda yozgan. “Amudaryo” dostoni (1928) Turkmanistonda suv muammosiga bag’ishlangan. “Afsusmi yo maslahat” dostoni (1929) odob-axloq mavzuida. “Qonli panja” (1937) asari turkman adabiyotidagi dastlabki realistik romandir. Yozuvchi uni qayta ishlab, 2-4 qismlarini yozib, “Qismat” nomi bilan chop ettirgan (1960— 71). “Bo’ron” (1974) romani, “qismat” (1962, roman asosida), “mehri” (1964), “Xo’janafas” (1969) dramalari muallifi. “Qismat” romanining 1-2 kitoblari P. Krdirov tarjimasida o’zbek tilida nashr qilingan (1967, 1972).