DESHIFRATOR

DESHIFRATOR (Fransuzcha dechiffrer -ma’nosini yechmoq) — xabarlarni o’qiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) o’tkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokasiya qurilmalari va boshqalarda beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. Deshifratorning kirish qismiga kelgan axborotlar o’zgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. Deshifrator kirishidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. Deshifrator telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va o’lchash texnikasida qo’llaniladi.