DESHIFROVKA
DESHIFROVKA (Fransuzcha dechiffrer -ma’nosini yechmoq) -1) notanish xatlar yoki shifrli yozuvlarni shartli belgilar vositasida o’qish; qad. yozma yodgorliklarning mag’zini chaqishda qo’llaniladi. Bunda maxsus usullardan foydalaniladi; 2) yerda olingan fotosuratlar, Aero va kosmik fotosuratlar bo’yicha muayyan hududni tadqiq qilish usuli. Samolyot yoki turli xil uchish apparatlarida olinadigan fotosuratlarni Deshifrovka qilishda biror ob’yektning soni va xarakteri uning suratdagi ko’rinishiga qarab aniklanadi. Topografik Deshifrovka vositasida yer yuzasining relefi va mahalliy predmetlarning suratlari o’rganiladi hamda joylar razvedka qilinadi; 3) taktik Deshifrovkada dushmanning mudofaa inshootlari, o’t ochish pozisiyalari, kommunikasiyalari, aerodromlari, buyruq-nazorat punktlari va boshqalar aniqlanadi; 4) maxsus Deshifrovka o’rganilayotgan hudud yer yuzasining geologik tuzilishi, ustki qatlam xarakteri (masalan, lyoss jinsi), yer osti suvlarining resurslari va shu kabi ma’lumotlarni aniqlashni ko’zda tutadi.