DESIS

DESIS — piretroidlar guruhiga mansub bo’lgan insektisid. Desis tarkibida 1 litrida 25 gramm ta’sir etuvchi dekametrin moddaga ega emulsiyalanuvchi kontsentrat shaklida ishlab chiqariladi. Desis O’zbekistonda ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida gektariga 0,3—0,7 l (5-15 gramm/gektar ta’sir etuvchi modda hisobida) sarflanadi. Bundan tashqari yaylovlarni chigirtkalardan himoya qilishda ham ishlatiladi (0,3— 0,5 litr/gektar). Bog’larda Desisni ishlatishda o’rgimchak-kana ko’payib ketmasligi uchun ko’pincha birorta akarisid qo’shiladi. Shu maqsadda tarkibiga omayt qo’shilgan akaridesis (1,25—1,5 litr/gektar) yaratilgan.