DEVKESGAN QAL’A

DEVKESGAN QAL’A — qadimgi shahar xarobasi. Ko’hna Urganchdan 60 kilometr g’arbda joylashgan. Devkesgan qal’a baland tepalikda ulkan to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, mudofaa devorlari toshdan ishlangan, devor bo’ylab ko’plab Burjlar qurilgan, asosiy darvoza oldiga murakkab tarxli inshoot bunyod etilgan. Qal’a atrofi chuqur xandaq bilan o’rab olingan. Qal’a ichida so’nggi o’rta asrlarga oid ko’plab tosh inshootlarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Balandlikda joylashgan qal’a etaklarida xom g’ishtlardan qurilgan mudofaa devori bilan o’ralgan o’rta asrlarga oid “pastki shahar” joylashgan; undan ko’plab sopol buyumlari topilgan. Har ikki shahardan Janubi-g’arbroqda shu davrga oid tarhi to’rtburchak chorbog’bunyod etilgan. Devkesgan qal’a xarobasi o’rnida 16-17-asrlarda Vazir shahri bo’lgan.