DEYTRON
DEYTRON (Deyton) — vodorod izotopi (deyteriy) yadrosi; 2n, D yoki d bilan belgilanadi. Atom yadrolari ichida eng oddiysi, ikki nuklon (1 proton va 1 neytron) dan tuzilgan. Deytronning massa soni -4 = 2, zaryadi Z= 1. Massasi 2,014102 atom massasi birligiga teng; nuklonlarning bog’lanish energiyasi E6og = 2,22452±0,00010 MeV, elektr momenti (2,738+0,014)-yu-27 santimetr kvadrat, magnit momenti ts=0,857411±0,000019 yadro magnetonpgrn, to’la spini j=h. Proton va neytronni Deytronda yadro kuchlari tutib turadi, bog’lanish energiyasi kichik, shuning uchun Deytron xossalarini o’rganib, boshqa yadrolarning xossalari haqida to’liq ma’lumot olish mumkin. Yadro rektsiyalarida ko’plab qo’llaniladi.