DEZINFORMATSIYA

DEZINFORMATSIYA (fr. des – salbiy va information – axborot) — muayyan guruh va doiralarning g’arazli maqsadlariga erishish yo’lida soxta ma‘lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg’itish maqsadida matbuot, radio va TVda qo’llanadigan vosita. Dezinformatsiya obyektlar, ularning faoliti va tarkibi to’g’risida oldindan o’ylangan yolg’on ma‘lumotlarni tarqatish, shuningdek ularning faoliyatini imitatsiyalashni (mumkin qadar yuqori aniqlikda o’xshatish bilan soxtalashtirish) niqoblashdan iborat bo’lgan usuldir. Dezinformatsiya berish – bu psixologik ta‘sir o’tkazishning dushmanga uni haqiqiy ahvoldan chalg’itadigan, oldindan o’ylangan axborotni taqdim qilishdan iborat bo’lgan usulidir. Dezinformatsiya berish shubhasiz yolg’on ma‘lumotlar va habarlardan foydalanishni o’z ichiga oladi, bu bilan u, mohiyati bo’yicha, aldashning turlaridan biriga aylanadi.