DIAKRITIK BELGILAR

DIAKRITIK BELGILAR (Yunoncha diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qo’yiladigan, harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. Diakritik belgilar ayrim belgi — harf mohiyatini o’zgartirish yoki uni aniqlashga xizmat qiladi. Diakritik belgilarning kuyidagi turlari farqlanadi: a) harfga yangicha funktsiya yuklaydigan belgilar (masalan, o’zbek kirill alifbosidagi — y, yo, g’, q, va boshqalar, o’zbek lotin alifbosidagi —o’ (o’), ya(q) va boshqalar); b) tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (masalan, Fransuzcha yo, yo, yo, bular yana ma’no farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim Diakritik belgilar harfni ajratib o’qishlikni ko’rsatadi (masalan, Fransuzcha— I). Prosodik Diakritik belgilar harf ifodalovchi tovushning cho’ziq yoki qisqaligini, urg’u va uning turlarini, tonni bildiradi (masalan, Vetnam tilida, Xitoy tili uchun lotin grafikasi asosidagi ba’zi loyihalarda). Diakritik belgilar ba’zi transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega. Ayni bir xil Diakritik belgilar turli milliy yozuvlarda turlicha funktsiyani bajaradi. Diakritik belgilar eng ko’p uchraydigan tillar — frantsuz, polyak, Chex, portugal, lotin, Litva tillaridir. Turkiy tillarda, xususan, o’zbek tilida ham Diakritik belgilar mavjud. Diakritik belgilar Arab yo’zuvida ham keng qo’llanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli Arab va boshqa musulmon mamlakatlarda Qur’oni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni bir xil o’qilishini ta’minlaydi. Araf alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno emas (masalan, fors, urdu va boshqa tillarda). Diakritik belgilar hind yozuv tizimlarida ham uchraydi, bularda dimoqda hosil bo’ladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, cho’ziqlik va qisqalikni ko’rsatadi (masalan, “i” va “Ji). Ba’zi olimlar som (Arab, yahudiy) tillarida ham Diakritik belgilar mavjud deb ta’kidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nuqta va chiziqcha qo’yish bilan anglashiladi.