DIAMMOFOS
DIAMMOFOS, diammoniy fosfat (NH4)2HPO4 — kontsentrlangan azotfosforli o’g’it. Tarkibida 21% azot, 53% gacha fosfor bor. Suvda yaxshi erishi va o’simliklar yaxshi o’zlashtirishi bilan ajralib turadi. Diammofos apatit kontsentratidan olingan ekstraktsion fosfat kislotani neytrallab tayyorlanadi. Namlanmaydi, sochiluvchan. Tabiatan fiziologik nordan o’g’it. Uni hamma tuproqlarda (ayniqsa sur tuproqlarda) asosiy o’g’it sifatida hamda o’simliklarni o’suv davrida oziqlantirishda qo’llaniladi. Ko’pgina murakkab o’g’itlar tarkibiga kiradi. G’o’za va boshqa ekinlarga samaradorligi jihatidan oddiy superfosfatdan ustun, ammofos va ammoniylashgan superfosfatga teng keladi. O’zbekistondagi kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi.