DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH
DIELEKTRIK KUCHAYTIRGICH – asosiy kuchaytiruvchi elementi segnetoelektrikli kondensatordan iborat bo’lgan elektr tebranishlari kuchaytir-gichi; keladigan kuchlanish o’zgarganda kondensator sig’imi o’zgarib, elektr tebranishlar kuchayadi. Ko’pincha Dielektrik kuchaytirgichning kuchaytirish kaskadida segneto-elektrikli kondensatorlar elektrik ko’prik sxemasida ulanadi. Dielektrik kuchaytirgichning bir kaskadidan beriladigan kuchlanish bo’yicha past chastotali elektr tebranishlarni 100 martagacha kuchaytirish mumkin. Lampali va tranzistorli kuchaytirgichlarda kuchaytirishni oshirish uchun alohida kuchaytirish kaskadlari birin-ketin ulanishi mumkin. Ishlash tarzi bo’yicha Dielektrik kuchaytirgich magnitli kuchaytirgichga o’xshash; asosan, avtomatika, signalizatsiya qurilmalari va boshqalarda ishlatiladi.