DIFFUZOR

DIFFUZOR — 1) quvur yoki kanalning havo, gaz yoki suyuqlik oqimi sekinlashadigan va bosimi oshadigan qismi. Havo o’tkazish quvurlarida, gaz, neft tozalash va haydash uskunalarida, o’lchash asboblarida Diffuzor bo’ladi. Avtomobil dvigatellari karbyuratorlarida Diffuzor tsilindrlarga yuboriladigan yonilg’i aralashmasining hosil bo’lish sharoitlarini (to’la bug’lanishi va changishini) yaxshilaydi, havo tezligini oshiradi; 2) elektrotexnikada — radiokarnay mexanik tebranuvchi tizimining bir qismi; havoda tovush to’lqinlari hosil qilish uchun mo’ljallangan; 3) fototexn ikada — kontrasti kamaytirilgan (yumshoq) rasmning fotografik tasvirini olish uchun mo’ljallangan moslama; 4) alyuminiy olishda — maydalangan boksit bo’laklari ishqor eritmasida ishlanadigan apparat. Odatda, 12-14 ta shunday apparatni ketma-ket biriktirib, batareya hosil qilinadi. Batareyaning bir tomonidan issiq suv berilib, ikkinchi uchidan kontsentrlangan natriy alyuminat eritmasi olinadi.