DILRABO
DILRABO, dilrubob — torli kamonli musiqa cholg’usi. Hozirda 4 asosiy, 17 qo’shimcha sado berib turadigan torlari, 17-20 metall pardalari bo’lib, xromatik tovushqatorga ega. Asosan, Afg’onistonda keng tarqalgan, Hindistonda ham uchraydi. 30-yillargacha Buxoroda ba’zi g’ijjakchilar tomonidan ishlatilgan.