DILS OTTO PAUL GERMAN
DILS OTTO PAUL GERMAN (1876.23.1, Gamburg — 1954.7.3) — nemis organik-kimyogari. Berlin (1906 yildan) va Kilsk universiteti professor (1916 yildan). Dils selen yordamida organik birikmalarning uglerod panjaralarini o’zgartirmasdan degidrirlash usulini taklif qilgan; xolesterin va boshqa sterinlarni degidrirlagan (1927). K. Alder bilan hamkorlikda dien sintezi usulini topgan va uning yordamida turli sinflarga mansub ko’p sonli organik birikmalarni olgan. Nobel mukofoti laureati (1950, Alders bilan hamkorlikda).