DIMETILFORMAMID
DIMETILFORMAMID, chumoli kislota dimetilamidi, HCON(CH3)2 — o’ziga xos hidli rangsiz suyuklik. Molekulyar modda 73,09. Suyuqlanish temperaturasi — 61°, qaynash temperaturasi 153°, zichligi 944,5 kg/m3 (25°); suv, spirt, atseton, efir, benzol, uglerod sulfid (CS2) ga aralashadi. Sanoatda chumoli kislotani dimetilamin bilan kondensatlash, metilformiat aminozolini dimetilamin bilan 80-120° temperatura va 0,1 — 0,4 MPa bosimda kondensatlash, metilaminni 100-150° temperatura va 2,5—20 MPa bosimda CH, ONa ishtirokida metanolda karbonillash usullari bilan olinadi. Neft pirolizi gazlari aralashmalaridan atsetilen va dien uglevodorodlarni ajratib olishda, poliakril tolalar (tsitron, orlon va boshqalar), tasmalar, lok-bo’yoq materiallar, teri, qog’oz, yog’och, viskoza tola va boshqa materiallar ishlab chiqarishda erituvchi sifatida qo’llaniladi.