DINAMIK DASTURLASH

DINAMIK DASTURLASH (Programmalash) — matematikaning ko’p bosqichli eng maqbul (optimal) boshqarishga oid masalalar nazariyasi va ularni yechish usullarini o’rganuvchi bo’limi. Bu yerda dasturlash (programmalash) tushunchasi “rejalashtirish”, “qaror qabul qilish”, ya’ni “bir qarorga kelish” ma’nolarida ham qo’llaniladi. Bu printsip Dinamik dasturlashning asosiy masalasini oxiridan boshlab yechishga imkon beradi. Dinamik dasturlash chekli bosqichli jarayonlardan tashqari, uzluksiz davom etadigan jarayonlar uchun ham ishlab chiqilgan. U texnika, kosmik parvozlar, xalq xo’jaligini rejalashtirishning turli masalalarida eng maqbul yechimlar topishga imkon beradi. Dinamik dasturlash usuli elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida tatbiq qilinadi.