DINOR
DINOR (lotincha denarius — 10 dan iborat, 10 dan tuzilgan) — 1) Bahrayn pul birligi. 1965 yil oktabrdan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 1000 Fils. Xalqaro ifodasi BHD. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 0,377 Dinor; 2) Bosniya va Gersegovina pul birligi. 1996 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 100 par. Xalqaro ifodasi BAD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 176,84 Dinor; 3) Jazoir pul birligi. 1964 yil dekabrdan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 100 sentim. Xalqaro ifodasi DZD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSH dollari = 58,5 Dinor; 4) Iordaniya pul birligi. 1950 yil iyuldan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor =100 piastr. Xalqaro ifodasi JOD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 1,41 Dinor; 5) Iroq pul birligi. 1932 yil apreldan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 1000 Fils. Xalqaro ifodasi 1QD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 1200 Dinor; b) Liviya pul birligi. 1971 yil sentabrdan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor =1000 dirham. Xalqaro ifodasi LYD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 0,379 Dinor; 7) Sudan pul birligi. 1992 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 10 funt (funt = 100 qirsh). Xalqaro ifodasi SDD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 142 D.; 8) Tunis pul birligi. 1958 yil dekabrdan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 100 Frank. Xalqaro ifodasi TND. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =1,12 Dinor; 9) Yugoslaviya pul birligi. 1994 yil yanvardan muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 100 par. Xalqaro ifodasi YUM. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 5,7 Dinor; 10) Quvayt pul birligi. 1961 yil oktabrda muomalaga kiritilgan. 1 Dinor = 1000 Fils. Xalqaro ifodasi KWD. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 0,3035 Dinor (1997); 11) qadimda musulmon mamlakatlarining oltin tangasi ham Dinor deb yuritilgan. Sharqda 7-asrda birinchi bor zarb qilina boshlagan va 2,4 gramm oltindan iborat bo’lgan. Akramjon Mirzaxolov.