DIOPTRIMETR
DIOPTRIMETR (dioptriya va … metr) — optik (ko’zoynakka ishlatiladigan) shishaning sindirish kuchini o’lchaydigan hamda astigmatik (tasvirni buzib ko’rsatadigan) ko’zoynak shishasining asosiy meridianlari o’rnini aniqlaydigan asbob. Sindirish kuchi dioptriya [D] da belgilanadi. Kollimator, ko’rish trubasi, sanash mikroskopi, o’lchanayotgan linzaga ishlov berish mexanizmi, uning diametrini o’lchash, linzani markazlash va belgilash mexanizmidan iborat. Dioptrimetr optik shishalarning sindirish kuchini ±0,12 Agacha aniqlikda o’lchash imkonini beradi.