DIPLOMATIK VAKILLIK

DIPLOMATIK VAKILLIK – davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan Diplomatik vakillik — elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan Diplomatik vakillik — missiya deb ataladi. Diplomatik vakillik 16-18-asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Diplomatik vakillik elchi ayirboshlagan davlatda o’z davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti to’g’risida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yo’l qo’ygan doirada ma’lumotlar to’playdi, har ikkala davlat o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, o’z davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qo’riqlaydi. Diplomatik vakillik faoliyatiga raqbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega. Diplomatik vakillikning huquqiy mavqei diplomatik munosabatlar to’g’risidagi 1961 yilgi Vena konventsiyasi, ikki tomonlama bitimlar, shuningdek, Diplomatik vakillik joylashgan davlat ichki qonunlari bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi (jumladan, kuzatuvchilar missiyasidagi) vakilliklar ham Diplomatik vakillikning bir turi bo’lib, uning huquqiy mavqei davlatlarning universal tusdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari bo’yicha vakilligi to’g’risidagi 1975 yilgi Vena konventsiyasida belgilab berilgan.