Direktoriya

Direktoriya (lotincha directorium-boshqarma, rahbarlik)-oliy hokimiyatni maxsus jamoaviy shaklda amalga oshirish, boshqaruvning bir ko’rinishi: a) Ijro Direktoriyasi-Fransiya respublikasining 1795-1799 yillardagi hukumati. 5 a’zo (director)dan tashkil topgan. Hukumat yirik burjuaziya manfaatini himoya qilgan. 1799 yil 9 noyabrda Napoleon Bonapart davlat to’ntarishi yasab, uni ag’darib, harbiy burjua diktaturasini o’rnatgan; b) Direktoriya (“Beshlar kengashi”)-1917 yil sentabr-oktabr oylarida Rossiyada R.F.Kerenskiy boshliq muvaqqa hukumatning 5 nafar ministridan tashkil topgan oliy hokimiyat organi; v) Sibir Direktoriyasi-muvaqqat Sibir hukumati (1918 yil iyul-noyabr) ministrlar kengashining norasmiy nomi va hokazolar.