DISSIMILYATSIYA

DISSIMILYATSIYA (tilshunoslikda) — nutqiy hodisa. Muayyan so’zdagi bir-biriga o’xshagan yoki qisman o’xshash tovushlardan birining hosil bo’lishi o’rniga, usuliga ko’ra farq etuvchi boshqa tovushga o’xshashi. Dissimilyatsiya assimilyatsiya qarama-qarshi fonetik hodisa bo’lib, u assimilyatsiya darajasida keng tarqalgan emas, chunki ko’p hollarda unda sonor tovushlarga ega bo’lgan so’zlargina Dissimilyatsiyaga uchraydi. Dissimilyatsiya adabiy tillarga nisbatan shevalarda ko’proq. Dissimilyatsiyaning ikki turi mavjud: a) kontakt Dissimilyatsiya (masalan, tramvay — tranvay); b) distakt Dissimilyatsiya (masalan, zarar — zaral, avtobus — aptobus).