DISTORSIYA
DISTORSIYA (lotincha distorsio — qiyshayish) — optik sistemalarda hosil bo’ladigan tasvir nuqsonlari; bunda ob’yekt bilan uning tasviri orasida geometrik o’xshashlik buziladi. Distorsiya tasvirning har xil qismi turlicha chiziqli kattalashishi natijasida hosil bo’ladi. Ko’pincha, tasvirning chiziqli kattalashishi har bir nuqtasida har xil bo’ladi. Shuning uchun tasvir asliga o’xshamay chiqadi. Masalan, Distorsiya xossasiga ega bo’lgan optik sistemada kvadratning tasviri buzilib chiqishi mumkin. Distorsiya hodisasi kuzatish asboblari va optik sistemalarda tasvir sifatiga uncha zarar keltirmasa ham aniq masalalarda hisobga olinadi. Eng yaxshi fotoapparatlar ob’yektivida Distorsiya 0,5% ga yaqin, aerosuratlar olish uchun ishlatiladigan ob’yektivlarda taxminan 0,01% bo’ladi.