DITRIX
DITRIX (Diterich) (asl ismi va Fam. Mariya Magdalena fon losh) Marlen (1904.27.12 – Berlin – 1992) – nemis va Amerika aktrisasi. Kinoda 1922 yildan, 1930 yildan Gollivudda ishlagan. “Moviy farishta”, “Marokko”, “ayblovchining guvohi”, “Nyurenburg prosessi”, “go’zal jigalo — baxtsiz jigalo”, “Shanxay ekspressi”, “qizil imperator ayol” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Estradada ham taniqli xonanda sifatida ko’pgina mamlakatlarda kontsert bergan. Fashizmga qarshi ayovsiz kurashgan.