DNEPR
DNEPR (Yunoncha Borisfen) — Sharqiy Yevropadagi Daryo, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya va Ukraina hududida. Uzunligi 2201 kilometr. (Yevropada uzunligi bo’yicha Volga va Dunaydan keyin 3-o’rinda), havzasining maydoni 504 ming kilometr kvadrat. Valday qirlaridan boshlanib Qora dengizning Dnepr limaniga kuyiladi. Dneprning o’ng va chapdan irmog’i ko’p; yiriklari — Drut, Berezina, Pripyat, Soj, Desna, Suda, Psyol, Vorskla, Samara, Ros. O’rta oqimida Dneprning vodiysi keng (6-18 kilometr), qadimgi terrasalar bor. Quyi oqimida Dnepr Qora dengiz bo’yi pastgekisligidan oqib o’tadi. Qor va funt suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 1700 metr kub/sekund. Dekabrdan mart oxirigacha muzlaydi. Dneprda quyilish yeridan 1677 kilometr masofada kema qatnaydi. Asosiy pristanlari va portlari: Mogilyov, Kiyev, Kanev, Cherkassi, Kremenchug, Dnepropetrovsk, Zaporoje, Nikopol, Xerson. Dnepr sun’iy suv sistemalari orqali Boltiq dengizi havzasining daryolari: G’arbiy Dvina bilan Berezina sistemasi, Neman bilan Dnepr-Neman, G’arbiy bug’ bilan DneprBug kanallari orqali bog’langan. GES lar qurilgan.