DOIM YASHIL O’SIMLIKLAR

DOIM YASHIL O’SIMLIKLAR – yil davomida bargi to’kilmay yam-yashil bo’lib turadigan o’simliklar. Ularning qari barglari uzoq vaqt oz-ozdan to’kilib, o’rniga asta-sekin yangi yosh barglar chiqaveradi. Tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu tipdagi o’simliklarga dafna, sambitgul, zaytun, magnoliya kabi keng bargli, archa, qarag’ay singari igna bargli daraxtlar kiradi.