DOIMIY XARAJATLAR (SARFLAR)
DOIMIY XARAJATLAR (SARFLAR) – ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish sarflari. Xizmat ko’rsatish va boshqaruv sarflari kiradi. Masalan: binolarni tiklab turish, ma’muriy apparatni saqlash, xizmat ko’rsatish uchun ketadigan xarajatlar.