DOMAGK (DOMAGK) GERXARD
DOMAGK (DOMAGK) GERXARD (1895.30.10, Lagov, Brandenburg — 1964.24.4, Kyonigsfeld, Shvarsvald) — nemis patologi va mikrobiologi. Bakteriyalar qo’zg’atadigan kasalliklarni kimyoviy preparatlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan. So’zakni davolash uchun birinchi samarali dori — dolmigon (dimetilaminosulfo-akridin) ishlab chiqqan (1934), sil va o’smalarni kimyoviy usulda davolash uchun yangi preparatlar topgan. Sulfanilamid preparatlarning bakteriyalarga qarshi ta’sir ko’rsatishini asoslab bergan va davolash amaliyotida joriy etgan. Nobel mukofoti laureati (1939).