Dominion

Dominion (lotincha dominium – mulk, hokimiyat) – Britaniya imperiyasining o`zini o`zi idora qiladigan yarim mustaqil davlatlarini anglatadigan atama. Dominionlar ichki siyosat masalalarida mustaqil bo`lib, ularning huquqi o`zgarib turgan. 1926- va 1930-yillardagi imperiya konferensiyalari dominionlarning ichki va tashqi siyosat masalalarida metropoliya bilan teng huquqligini e’tirof etgan. Shunga qaramay, 2-jahon urushiga qadar dominionlarning tashqi siyosati metropoliya nazorati ostida bo`lgan. 40-yillar oxiridan boshlab dominion atamasi o`rniga Hamkorlik a’zosi atamasi ishlatila boshladi.