DORE (DORE) GYUSTAV
DORE (DORE) GYUSTAV (1832.6.1, Strasburg — 1883.23.1, Parij) — frantsuz grafik rassomi, illyustratsiya ustasi. Dore ijodi kamolotida O. Dome san’atidan ilhomlangan. Romantik xususiyatga ega bo’lgan jo’shqin tasviriy, hajviy illyustrasiyalari, hayotiy qiziq voqealar, yengil yumorli asarlari bilan hikoyanavis usta rassom sifatida shuhrat qozongan. F. Rable (“Gargantyua va Pantagryuel”, 1854), O. Balzak (“qiziq hikoyalar”, 1855— 56), Dante (“ilohiy komediya”, 1861), Servantes (“Don Kixot”, 1862— 63) va boshqa asarlari, Injil (1864-66)ga ishlagan rasmlarida Dorening nihoyatda boy xayoloti va o’ziga xosligi namoyon bo’lgan. Maishiy janrda asarlar yaratgan (“ko’prikdagi qashshoqlar. London”, 1873 va b.), haykaltarosh sifatida ijod qilgan (A. Dyuma yodgorligi, bronza, 1882 va boshqalar).