“DO’STLIKDON” AKTSIYADORLIK JAMIYATI

“DO’STLIKDON” AKTSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoati korxonasi. Jizzax viloyatining Do’stlik shahrida joylashgan. “O’zdonmahsulot” davlat-aktsiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Asosan bug’doy uni va chorva uchun aralash yem, makaron mahsulotlari ishlab chiqaradi. Quvvati: sutkasiga 300 tonna bug’doy uni (oliy, birinchi, ikkinchi navli), 250 tonna aralash yem va makaron mahsulotlari. 1977 yilda Do’stlik don qabul qilish korxonasi, 1987-95 yillarda Do’stlik don mahsulotlari kombinati, 1995 yildan hozirgi nomda va ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. 1988 yil korxonada 62 ming tonna sig’imli elevator, 1990 yilda quvvati 250 tonna/sutka bo’lgan omuxta yem tsexi, sig’imi 2500 tonna bo’lgan tayyor mahsulotlar ombori ishga tushirildi. Shveytsariyaning “Byuller” firmasi texnologik uskunalari bilan jihozlangan.