DO’STUM SULTON

DO’STUM SULTON, Abdulquddus Sulton (?-1598) — Toshkent hokimi (1580 y.dan). Shayboniylardan. Iskandarxon ibn Jonibekxonning o’g’li. Abdullaxon II ning inisi. Dastlab Karmana (1560 yildan), so’ng Toshkent (1580 yildan) hokimi. Hasanxoja Nisoriy 1560-66 yillarda Karmanada Do’stum Sulton huzurida xizmatda bo’lgan. Do’stum Sulton she’riyatga havasmand bo’lib, o’zi ham she’rlar yozgan. 1598 yil jiyani Abdulmo’minxon tomonidan farzandlari bilan birgalikda Toshkentda qatl etilgan.