Dovul
Dovul – eng kuchli shamol. Tezligi 30 m/sek va undan katta bo`ladi. Dovul binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi, elektr simlarini uzib ketadi va h. k. Dengizda kuchli to`lqin hosil qilib, kemalarning suzishini qiyinlashtiradi, hatto halokatga ham olib keladi.