Dovul, do’l

Dovul, do’l (turkcha)-gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholg’u. Tovushi uchi yumloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. Dovul o’tmishda, asosan, harbiy cholg’u hisoblangan. Tashqi ko’rinishi, tovush hosil etish yo’llari bilan Dovulga yaqin cholg’ular qozoqlarda dabil, gruzinlarda doli, armanlarda dool, hindlar, eronliklar, afg’onlarda duhul nomlari bilan yuritiladi.