DOYL (DOYLE) ARTUR KONAN

DOYL (DOYLE) ARTUR KONAN (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yozuvchisi. Edinburg univrsitetini tamomlagan. Shifokor. Ijodini “Sesassa vodiysining siri” (1879) hikoyasi bilan boshlagan. “Badarg’a qilinganlar” (1893), “Sardor Jerar jasorati” (1894— 95), “Rodney ston” (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, “Yo’qolgan dunyo” (1912), “zaharlangan mintaqa” (1913), “Marakot jarligi” (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi. Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms bo’lgan detektiv janrdagi “To’rtlar belgisi” (1890), “Baskervillar iti” (1901-02), “dahshatlar vodiysi” (1914-15) sarguzasht qissalari va “Sherlok Xolms sarguzashtlari” (1891— 92), “Sherlok Xolms haqida xotiralar” (1892-93) hikoyalar to’plamlari va boshqalar katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylning “Baskervillar iti” (1971), “Yo’qolgan dunyo” (1983) va boshqa asarlari o’zbek tilida nashr qilingan.