Draga

Draga – suv ostidagi sochilma konlardan oltin, platina, qalay va boshqalarni kavlab chiqaradigan va yuvib tozalaydigan suzib yuruvchi inshoot. Qum jinslari ichidan olinadigan sof metallarning 90-95% i, boshqa xil minerallarning 80-90% i draga yordamida qazib olinadi.