DRAMATURGIYA

DRAMATURGIYA (Yunoncha dramaturgia) — 1) muayyan san’atkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. Masalan, Hamza, Fitrat Dramaturgiyasi, antik davr Dramaturgiyasi, Uyg’onish davri Dramaturgiyasi, ingliz Dramaturgiyasi, o’zbek Dramaturgiyasi va boshqalar; 2) kino va spektaklning obrazli talqini kontsepsiyasi. Teatr Dramaturgiyasi badiiy drama asosida yuzaga kelgan, lekin hozirgi teatrda u rejissyor stsenariysn yordamida amalga oshiriladi. Kinosan’at uchun stsenariy shaklidagi Dramaturgiya xos.