DROZOFILASIMONLILAR
DROZOFILASIMONLILAR, meva pashshalari (Drosophilidae) — hasharotlar oilasi. Mayda sariq yoki qo’ng’ir rangli, tanasi 1-5 millimetr. Qanotlari yaltiroq, ko’zlari qizil. Lichinkalari organik qoldiqlarga boy muhitda yashab, asosan shu muhitdagi achitqilar va chirituvchi mikroorganizmlar bilan hamda chiriyotgan meva bilan oziqlanadi. Drozofilasimonlilar tokzorlarda, bog’larda ko’plab uchraydi. Mevani qayta ishlash zavodlarida, ayniqsa, Drosophila funebris, Drozofilasimonlilar fasciata va Citona beckeri turlari ko’p uchraydi. Kuzda bu turlar xonadonlarga uchib kiradi. Drosophila urug’iga kiradigan Drozofilasimonlilar melano gaster Mg. va unga yaqin turlar biologik tadqiqotlarda, xususan genetika tadqiqotlarida foydalaniladi (ularda mutagenez jarayoni o’rganilgan).