DUANTLAR
DUANTLAR — tezlatgichning faol qismi. Tsiklotron yoki fazotronda tezlatuvchi kuchlanish berishga va tezlatishga noqulay bo’lgan maydon fazasida zarralarni ekranlashga xizmat qiladigan tezlatuvchi elektrodlar. Tashqi ko’rinishi Duantlarga o’xshagani uchun shunday ataladi. Tsilindr shaklli metall qutini teng ikkiga bo’linsa, ikkita duant hosil bo’ladi. Duantlar (Z>, va D2) yuqori chastotali generatorga ulanadi; generator hosil qilgan katta kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida ionlar tezlanish oladi (ionlar manbai Duantlar markaziga joylashtiriladi). D2 duant Dt duantga nisbatan musbat potentsialli bo’lib, manfiy ionlarni o’ziga tortadi va ularga tezlanish beradi. Duantlar ichida ionlarga elektr kuchi ta’sir qilmaydi. Ionlar magnit maydoni ta’sirida aylanma harakatlanib, u — yarim davr vaqtdan keyin yana ikki daunt o’rtasida paydo bo’ladi. u vaqt ichida Duantlar potentsialining ishorasi o’zgaradi (D2 manfiy, D) musbat bo’ladi), ionlar 2), ga tortilib, yana tezlanish oladi. Ionlar Duantlar orasida ko’p marta tezlanish oladi. Duantlar vakuum kameraga joylashtiriladi.