DUSHOXASOY
DUSHOXASOY — Navoiy viloyati Konimex tumanidagi soy. Uzunligi 20 kilometr. Mavsumiy qor va yomg’irlardan to’yinadi. Bahorda kuchli jala paytlarida suvi ko’payadi. Dushoxasoyning suvi quyi oqimida qumga singib ketadi. Umumiy uzunligi 72 kilometr bo’lgan 25 ta irmog’i bor.